08:42, Noyabr 26, 2025
/
825

Yaqinroq keling, sizni ChatGPT’dan yaxshiroq AI bilan tanishtiramiz!

Yaqinroq keling, sizni ChatGPT dan yaxshiroq AI bilan tanishtiramiz!

Sun’iy intellekt gigantlari oʻrtasidagi raqobat qizidi: Gemini 3 tarixiy rekord bilan keldi

TRT ning xabar berishicha, Google Gemini 3 bilan sun’iy intellekt poygasida mustaqil testlarda ChatGPT’ni ortda qoldirdi. Ammo haligacha ChatGPT eng koʻp tanlangan sun’iy intellekt vositasi boʻlib qolmoqda.

Google’ning generativ sun’iy intellekt vositasi Gemini 3 ning ishga tushirilishi bilan generativ sun’iy intellekt sohasidagi raqobat yana kun tartibiga chiqdi. Oylik 650 million foydalanuvchiga ega boʻlgan Gemini’ning soʻnggi modeli orqali kodlash, tasvirni aniqlash va kamroq soʻrov (prompt) bilan kontent yaratish mumkin.

Tahlillarda yangi Gemini modeli mustaqil ishlash testlarida olgan ballari bilan ham diqqatni tortmoqda.U “Humanity’s Last Exam” testida 37,5 foiz ball bilan barcha davrlarning eng yuqori koʻrsatkichiga erishgan Reytingda Gemini 3 dan keyin GPT 5.1 26,5 foiz bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Gemini 3 ning “Chuqur Fikr” (Deep Think) rejimi modelning mantiq va tahlil tushunchasini yuqori darajaga olib chiqqanga oʻxshaydi.

“Humanity’s Last Exam” testida Gemini 3 Deep Think 41 foiz darajaga erishga bo‘lsa, Gemini 3 Pro 37,5 foiz va ChatGPT-5 Pro 30,7 foiz ball oldi.

Gemini 3 Deep Think, shuningdek, GPQA Diamond da 93,8 foiz va ARC-AGI-2 da 45,1 foiz bilan chuqur fikrlash sohasida yaqqol yetakchilik qilmoqda.

Aziz talaba do‘stim! Agar sahifamizda AI ga urg‘u berishimiz, u haqidagi yangi bilimlarni o‘rgatishimizni istasangiz, bizni qo‘llab-quvvatlang, izohlarda fikrlaringizni qoldiring.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari