Super-kontrakt 99mlngacha ko‘tarildi

Toshkent davlat transport universitetida 2026-2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari tasdiqlandi. Ushbu oliygohda super-kontrakt 23 mln so‘mdan boshlanadi. Eng yuqori qiymat havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi(kunduzgi) yo‘nalishiga to‘g‘ri kelib, 99 mln so‘mni tashkil etmoqda.


Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining 2026-2027-o‘quv yili uchun super-kontrakt jadvali ham e’lon qilindi. Jadvalni tahlil qilganda, eng past super-kontrakt miqdori 23 mln so‘mdan boshlanadi. Eng qimmat tabaqalashtirilgan kontrakt iqtisodiyot yo‘nalishida bo ‘lib, 47,25 mln so‘m qilib belgilangan.


Ushbu tartib, to‘lov-kontrakt chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan ball to‘plagan abituriyentlarga amal qiladi.
Hozircha super-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlanmagan. Qabul boshlangach, arizalar Kontrakt.edu.uz orqali onlayn qabul qilinadi.Super-kontrakt faqat birinchi o‘quv yili uchun amal qiladi. Keyingi yillarda talaba yuqori GPA va boshqa belgilangan mezonlarni bajarsa, davlat granti asosida o‘qish uchun da’vogarlik qilishi mumkin.
Muhim eslatma, super-kontrakt uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.