09:52, Sentabr 29, 2026
/
3,4 тыс

Suriyada ayollar politsiya akademiyasining ilk bitiruvchilari o‘qishni tamomladi (video)

Suriyada muvaqqat hukumat tomonidan mamlakat xavfsizlik tizimini qayta tiklash va isloh qilish doirasida tashkil etilgan yangi ayollar politsiya akademiyasining birinchi bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Damashq shahri yaqinidagi At-Tal shahrida o‘tkazilgan tantanali marosimda 150 nafarga yaqin ayol kursantlar olti oylik intensiv o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlab, xizmatga qabul qilindi.

Bitiruvchilar olti oy davomida jismoniy, taktik va jangovar harbiy tayyorgarlikdan o‘tdilar. Mashg‘ulotlar davomida merganlik va safda yurish bilan birga huquqiy bilimlar hamda inson huquqlari bo‘yicha maxsus saboqlar berildi. Yangi tayyorlangan xodimlar respublika bo‘ylab Ichki ishlar vazirligi safida jamoat tartibini saqlash, diplomatik obyektlar xavfsizligini ta’minlash hamda maxsus operatsiyalarda ishtirok etishadi.

Ushbu akademiya 2026-yilning mart oyida rasman o‘z faoliyatini boshlagan edi. Ilgari, hokimiyatdan ag‘darilgan Bashar Asad boshqaruvi davrida ham ayollar politsiya va armiya safida xizmat qilgan bo‘lsa-da, ularning soni va mas’uliyat doirasi nisbatan cheklangan edi. Yangi tuzilma esa xotin-qizlarning huquq-tartibot tizimidagi o‘rnini tubdan kengaytirish va xavfsizlik organlarini zamonaviy andozalar asosida shakllantirishga qaratilgan.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari