08:10, Oktabr 5, 2026
/
236

Tadbirkor ta’lim strategiyasi bo‘yicha ishchi guruhga rahbarlik qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Uning vazifasi ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun yangicha yondashuvlarni qo‘llash, bozor talablariga mos ta’limni, raqobatni hamda xususiy sektor ishtirokini rivojlantirish hisoblanadi.

Maxsus ishchi guruhga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi. Uning tarkibiga ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘yish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari