“Tajriba shart emas, maosh yuqori”…

Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar uçun qiziqarli iş takliflari tarqalmoqda: uyda ötirib işlaş, maxsus tajriba talab qilinmaydi, haftasiga esa 8 million sömgaça daromad oliş mumkin. Ammo bu taklif ortida oddiy iş emas, balki uyuşgan jinoyatçilik tarmoği yaşiringan bölişi mumkin.
Buyuk Britaniyaning Ğarbiy Yorkşir grafligida politsiya talabalarni ijtimoiy tarmoqlar orqali noqonuniy faoliyatga jalb qilayotgan jinoiy guruhlar haqida ogohlantirdi. The Guardian naşrining 23-sentabrdagi xabariga köra, jinoyatçilar yoşlarni, xususan, universitet talabalarini oson daromad va’da qiliş orqali öz tuzoqlariga tuşirmoqda.
Ularning usuli oddiy: Snapçat, Instagram, TikTok va Facebook orqali iş e’lonlari joylaştiriladi. Taklifga qiziqqan yoşlarga posilkalarni qabul qiliş, vaqtinça saqlaş yoki boşqa manzilga yetkazib beriş vazifasi topşiriladi. Buning evaziga esa haftasiga 100–500 funt sterling, ya’ni taxminan 1,6 million sömdan 8 million sömgaça haq va’da qilinadi.
Birinçi qaraşda bu talabalar uçun qulay qöşimça daromad manbaidek körinadi. Biroq muammo şundaki, ular taşiyotgan posilkalar tarkibida nima borligini köpinça bilmaydi. Bunday yuklar orasida giyohvand moddalar, noqonuniy qurollar, öğirlangan buyumlar, qalbaki mahsulotlar va jinoiy yöl bilan qölga kiritilgan pullar bölişi mumkin.
Birgina posilkani qabul qiliş talabaning jinoiy işga aralaşib qolişiga sabab bölişi mumkin.
Jinoiy guruhlar aynan yoşlarning qöşimça daromadga ehtiyojidan foydalanmoqda. Ular işning murakkab emasligi, tajriba talab qilinmasligi va qisqa vaqt içida yaxşi pul topiş mumkinligini ta’kidlaydi. Ayrim hollarda esa faoliyatning qonuniy ekaniga işontirişga urinadi. Şu tariqa talabalar özlarini oddiy yetkazib beruvçi yoki vositaçi deb hisoblaydi. Aslida esa ularning manzili va xizmatidan noqonuniy mahsulotlarni tarqatişda foydalanilayotgan bölişi mumkin. Bunday vaziyatda işning mohiyatini anglamagan yoşlar ham huquqiy muammolarga duç kelişi ehtimoldan xoli emas.
Ğarbiy Yorkşir politsiyasi vakili Mişel Svift bunday takliflarning ortida jiddiy xavf borligini ta’kidlagan. Uning qayd etişiça, oson daromad va’dasi yoşlarni uyuşgan jinoyatçilikka jalb qiliş vositasiga aylanmoqda.
Politsiya talabalarni ijtimoiy tarmoqlardagi iş e’lonlariga nisbatan huşyor bölişga çaqirmoqda. Xususan, posilka qabul qiliş evaziga yuqori haq taklif qilinişi, begona şaxslarning uy manzilidan foydalanişni söraşi yoki yuk tarkibi haqida ma’lumot berilmasligi şubhali holat sifatida baholanişi kerak. Huquq-tartibot idoralari bunday takliflarga duç kelgan fuqarolarga noma’lum şaxslar bilan aloqani davom ettirmaslik, yozişmalarni saqlab qoliş va politsiyaga murojaat qilişni tavsiya etmoqda.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladigan har qanday iş taklifiga işoniş mumkin emasligini yana bir bor körsatadi. Ayniqsa, qisqa muddatda katta daromad va’da qilinayotgan bölsa, iş beruvçi va taklif etilayotgan faoliyatning qonuniyligini tekşiriş muhim.
Ilmira ALIZODA