08:07, Sentabr 14, 2026
/
243

Talaba o‘qish davridayoq qariyb 19 mln so‘m maosh olmoqda

Andijon davlat chet tillari institutida dual ta’lim asosida tahsil olayotgan talaba Fayzulloh Ahmadjonov o‘qish bilan birga Xitoy korxonasida faoliyat yuritib, oyiga 1,5 ming (18 750 000 so‘m) AQSh dollari maosh olmoqda.

U Andijon tumanidagi “Ipak yo‘li” sanoat zonasida ishlaydi. Talaba egallagan xorijiy til bilimlarini amaliyotda qo‘llab, o‘qish davridayoq kasbiy tajriba orttirmoqda.

Fayzulloh bilan birga uning kursdoshlari ham mazkur korxonada faoliyat yuritib, tajriba va daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Institutning Xorijiy tillar kafedrasi ham sanoat zonasida faoliyat yuritayotgani ta’lim va ishlab chiqarish jarayonini yanada yaqinlashtirmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, dual ta’lim – talaba nazariy bilimlarni ta’lim muassasasida egallashi, amaliy ko‘nikmalarini esa bevosita korxona, tashkilot yoki muassasada ishlash orqali shakllantirishiga asoslangan ta’lim shaklidir.

Bunda talaba faqat auditoriyada dars bilan cheklanib qolmaydi. U o‘z mutaxassisligi bo‘yicha real ish jarayonida qatnashadi, tajribali mutaxassislardan o‘rganadi va olgan nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘radi. 

Fikrlar (0)
Avval yangilari