12:22, Sentabr 9, 2026
/
4,9 тыс

Talaba “romantika”si qamoq bilan yakunlandi

Ostonadagi universitetlardan birida tahsil olayotgan talaba sevgilisining tug‘ilgan kunini noodatiy tarzda nishonlamoqchi bo‘lgan. Biroq uning romantik syurprizi kutilmaganda 5 kunlik ma’muriy qamoq bilan yakunlangan.

Aniqlanishicha, yigit Ostona shahridagi kafelardan biri yonida sevgilisi uchun salyut otgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, bu holat jamoat tartibining buzilishiga sabab bo‘lgan.

Talabaga nisbatan aholi punktida belgilangan qoidalarni buzgan holda pirotexnika vositalaridan foydalangani va mayda bezorilik sodir etgani bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Sud qarori bilan unga 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari