07:47, Noyabr 16, 2026
/
253

Özbekistonlik talaba terrorçilikni moliyalaştirgani uçun qamaldi

Janubiy Koreyada talabalik vizasi bilan yaşab kelgan Özbekiston fuqarosi Suriyada faoliyat yurituvçi, BMT tomonidan terrorçilik taşkiloti sifatida belgilangan KTJga olti marta pul yuborgan. U, şuningdek, Janubiy Koreyada başqa bir şaxsdan pul olib, uni Suriyaga jönatişga uringan. Sud özbekistonlik fuqaroni 1 yil 4 oyga ozodlikdan mahrum qildi.

Janubiy Koreyaning Seul markaziy okrug sudi Özbekiston fuqarosini terrorizmga qarşi qonunçilikni buzganlikda aybdor deb topdi. Unga 1 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Sud, şuningdek, undan 1,25 million von miqdoridagi mablağni undiriş haqida qaror çiqardi.

Telegram orqali aloqa örnatilgan
Sud materiallariga köra, A. Janubiy Koreyaga 2021-yil aprel oyida universitet qoşidagi til markazida öqiş uçun D-4-1 turidagi talabalik vizasi bilan kelgan. U 2023-yil noyabrida Telegram orqali Suriyada faoliyat yurituvçi KTJ – Katiba al-Tavhid val-Jihod taşkiloti a’zosi bilan aloqa örnatgan. Taşkilot a’zosi özini Özbekiston fuqarosi sifatida tanıştirgan va KTJ Suriyadagi hukumat kuçlari hamda Rossiyaga qarşi kuraşayotganini bildirgan. Şundan söng u A.dan moliyaviy yordam söragan.

Bir yil davomida olti marta pul yuborgan
Tergov ma’lumotlariga köra, A. 2024-yil yanvaridan 2025-yil yanvarigaça olti marta KTJ a’zosi körsatgan bank hisob raqamlariga pul ötkazgan. Jami mablağ 1 million 250 ming vonni taşkil etgan. Sud A. yuborgan mablağlar terrorçilik faoliyatini moliyalaştiriş uçun işlatilişini bilgan holda taşkilotga moliyaviy yordam körsatgan, degan xulosaga kelgan. Sud materiallarida A.ning KTJ a’zosi topşiriği bilan Janubiy Koreyada yaşayotgan başqa bir şaxsdan pulni qabul qilib, uni keyinçalik Suriyaga jönatişga uringani ham qayd etilgan. Biroq boşqa şaxsdan mablağni qabul qiliş amalga oşmagan. Şu sababli mazkur harakat uriniş bosqiçida qolgan.

KTJ haqida
Sud hujjatlarida gap Katiba al-Tavhid val-Jihod (KTJ) haqida ketmoqda. Yonhap ma’lumotiga köra, mazkur taşkilot 2014-yil dekabrida taşkil etilgan islomiy ekstremistik guruh hisoblanadi va BMT tomonidan terrorçilik taşkiloti sifatida belgilangan. KTJ turli yillarda sodir etilgan qator terrorçilik hujumlari bilan boğlangan. Jumladan, taşkilot 2015-yilda Suriyaning Al-Fuah hududidagi avtomobil portlatilişi, 2016-yilda Qirğizistondagi Xitoy elçixonasiga uyuştirilgan xudkuşlik hujumi hamda 2017-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridagi metro portlaşlari bilan boğliq ekani qayd etilgan.

Sud jazoni qanday asoslagan?
Sud A.ning harakatlariga baho berar ekan, terrorçilik taşkilotlarining faoliyatini davom ettirişida moliyaviy mablağ muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Sudning xulosasiga köra, A. mablağ terrorçilik maqsadlarida işlatilişini bilgan holda taşkilotni moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlagan. Sud, şuningdek, bunday mablağ miqdori katta yoki kiçik bölişidan qat’i nazar, uning terrorçilik taşkiloti faoliyatiga yönaltirilişi davlat va jamoat xavfsizligiga xavf tuğdirişi mumkinligini qayd etdi. Sud jazoni belgilaşda A.ning aybini tan olganini ham hisobga olgan. Boşqa xabarlarga köra, uning Janubiy Koreyada ilgari sudlanganlik holati bölmagan. Natijada, Özbekiston fuqarosiga nisbatan 1 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Şuningdek, undan 1,25 million von miqdoridagi mablağni undiriş belgilandi.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari