15:31, Iyun 30, 2026
/
488

Dunyoda O‘zbekiston haqida gapirayotgan talabalar endi grantda o’qiydi

Prezident tashabbusi bilan xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va mamlakatimizni xalqaro maydonda targ‘ib qilishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi.

O‘zbekistonning turizm salohiyati, tarixi va madaniy merosini xorijda targ‘ib qilish uchun raqamli kontent platformasi ishga tushiriladi. Loyihani moliyalashtirish uchun har yili 20 milliard so‘m ajratiladi.

Bugungi kunda 650 mingdan ortiq yosh xorijiy tillarni erkin biladi. Ular chet tillarida kontent yaratish orqali O‘zbekistonni dunyoga tanitishi va daromad topishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi.

Hozirda 150 mingdan ortiq o‘zbekistonlik yosh xorijda tahsil olmoqda va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. Endilikda ularning salohiyatidan turizm va eksportni rivojlantirishda foydalaniladi.

Talabalar tahsil olayotgan mamlakatlar bozorini o‘rganib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarur ma’lumotlarni yetkazadi, O‘zbekistonning turizm yo‘nalishlari va mahsulotlarini targ‘ib qiladi hamda ko‘rgazma va stendlar tashkil etadi.

Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanadigan talabalarga maxsus grantlar ajratiladi. 

Bu haqida davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqotda ma’lum qildi.  

Fikrlar (0)
Avval yangilari