08:59, Sentabr 14, 2026
/
369

Olmazorda talabalar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga e’tibor kuchaytiriladi

Prezidentimiz Olmazor tumanida talabalar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi ish uslubi natijalarini tahlil qildi.

Tumanda 75 ming nafar talabalar tahsil olayotgani sababli yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yil boshidan tumanga Huquqni muhofaza qilish akademiyasi professor-o‘qituvchilari biriktirilib, ular 23 nafar tergovchi bilan hamkorlikda jinoyatlarning oldini olish va tergov samaradorligini oshirish bo‘yicha zamonaviy metodikalarni joriy etmoqda.

Shuningdek, Akademiyaning 20 nafar talabasi dual ta’lim asosida tajribali tergovchilar va profilaktika inspektorlariga biriktirilgan. Ular amaliy tajriba orttirish bilan birga, mahallalarda profilaktika ishlariga ham ko‘maklashmoqda.

Natijada tumandagi 64 ta mahallaning 13 tasida jinoyat sodir etilmagan, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar qolmagan. Ayollar ishtirokidagi jinoyatlar 22 tadan 10 taga kamaygan, muqaddam jazo o‘tagan shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etish holatlari kuzatilmagan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari