07:26, Sentabr 15, 2026
/
265

Talabalar va OTMlar haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida yig‘iladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-190-son Farmoni bilan rasmiy statistikani shakllantirishda davlat organlari va OTMlar o‘rtasida ma’lumotlarni real vaqt rejimida va har yili integratsiya qilish tartibi belgilandi.

​Xo‘sh, talabalar va ta’lim maskanlariga oid qanday ma’lumotlar qamrab olinadi?

​Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi har yili quyidagi ma’lumotlarni Milliy statistika platformasiga taqdim etadi:
​Oliy ta’lim tashkilotlari (OTMlar):
​Qabul qilingan va tahsil olayotgan talabalar soni;
​Bitirishi kutilayotgan va bitirgan talabalar ko‘rsatkichlari;
​Hududlar, mulkchilik shakli, jinsi, yoshi, bosqichi va ta’lim turlari/yo‘nalishlari kesimidagi aniq statistika;

​OTM pedagog xodimlarining soni, ilmiy darajasi va unvonlari.
​Kasbiy ta’lim va akademik litseylar:
​Texnikum va litseylarga qabul qilinganlar hamda tahsil olayotgan o‘quvchilar soni;
​O‘qituvchilar va pedagoglarning malakaviy tarkibi.

​Oliy ta’limdan keyingi ta’lim:
​Magistratura, doktorantura va ilmiy daraja hamda unvon oluvchilar bo‘yicha to‘liq statistika.

​Bu talabaga nima beradi?

Bu o‘zgarishning bosh maqsadi – ta’lim tizimini byurokratiyadan tozalash, hamma narsani raqamlashtirish orqali shaffoflik o‘rnatish va sifatli mutaxassislar yetishib chiqishini nazorat qilishdir. Talaba uchun bu eng avvalo vaqtni tejash, adolatli muhit va osonlashgan xizmatlar demakdir.

Fikrlar (0)
Avval yangilari