Talabalar yerto‘laga joylashtirildi (video)

Bugun, 2025-yil 10-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Tula viloyatida raketa xavfi eʼlon qilinishi sababli, Tula Davlat Universiteti (TulDU) talabalari zudlik bilan yertoʻla (podval) xonalariga evakuatsiya qilindi.
Viloyat gubernatori Dmitriy Milyayev soat 12:11 da hududda raketa xavfi haqida rasmiy eʼlon qildi. Ushbu eʼlon ortidan talabalarni xavfsiz joyga koʻchirish jarayoni boshlandi. Talabalar evakuatsiya jarayoni aks etgan kadrlarni ijtimoiy tarmolarda ham bo‘lishdilar.
Universitet rasmiylarining tushuntirishicha, TulDUning har bir oʻquv korpusi bunday favqulodda vaziyatlar uchun maxsus panohgohlar (ukritiya) bilan jihozlangan. Bu chora koʻrilayotgan xavfsizlik protokolining bir qismi boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, eʼlon qilingan xavf taxminan bir soat oʻtib (taxminan soat 13:11 da) bekor qilingan.
Video manbasi: “Тула Жесть” telegram kanali.