Makkada talabalar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi

Makkada Qirg‘iziston fuqarolari uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi. U yerda ziyoratchilar va talabalar joylashishi mumkin bo‘ladi. Bu haqida Qirg‘iziston Prezident ma’muriyatining axborot siyosati xizmati rahbari Dayirbek Orunbekov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha Prezident Sadir Japarov ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Yangi bino Saudiya Arabistoniga keluvchi qirg‘izistonliklarning, xususan, haj amalini bajarish va ta’lim olish maqsadida borganlarning bepul yashashi uchun mo‘ljallangan.
Shu bilan birga, qurilishni yakunlash muddatlari, moliyalashtirish hajmi va obyektni foydalanishga topshirishning aniq sanasi hozircha ochiqlanmagan (aniqlashtirilmagan). Ayni paytda tegishli idoralardan obyektni keyinchalik boshqarish va joylashtirish tartibi yuzasidan rasmiy izohlar berilmagan.