08:13, Iyun 19, 2026
/
306

Tarixiy rekord: O‘zbekistonda talabalar aholining qariyb 4 foizini tashkil etmoqda 

Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida talabalar qamrovi boʻyicha yangi davr boshlandi. Statistika agentligining oxirgi hisobotiga koʻra, 2025/2026-oʻquv yili boshiga kelib oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan yoshlar soni 1 million 535 ming nafarni tashkil etdi. Ushbu raqam oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan 7,1 foizga koʻproq demakdir.

Gender balansi masalasida ham qiziqarli statistika kuzatilmoqda, yaʼni oliy maʼlumotli boʻlishga intilayotgan xotin-qizlar soni erkaklarga qaraganda koʻproq. Bugungi kunda 782,9 ming nafar talaba qizlar qatorida 752,1 ming nafar yigitlar ham universitet va institutlarda bilim olmoqda.

Soʻnggi yillardagi oʻsish surʼatlari oliy taʼlimga boʻlgan talabning qay darajada yuqoriligini koʻrsatadi. Solishtirish uchun keltirsak, 2021/2022-oʻquv yilida bor-yoʻgʻi 808,4 ming nafar talaba boʻlgan. Shundan soʻng raqamlar har yili oʻrtacha yuz mingdan ziyodga koʻpayib, 2022-yilda 1 million 42,1 mingga, 2023-yilda 1 million 314,5 mingga ва 2024-yilda 1 million 432,8 mingga yetgan edi. Bu kabi oʻsish dinamikasi mamlakatda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning bevosita natijasidir.

Fikrlar (0)
Avval yangilari