TATUda super-kontrakt narxlari tasdiqlandi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari tasdiqlandi. To‘lov miqdori abituriyentning kirish imtihonida to‘plagan bali hamda tanlangan ta’lim yo‘nalishiga qarab belgilanadi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida super-kontrakt qancha?
2026/2027-o‘quv yili uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida e’lon qilingan summalar ta’lim yo‘nalishiga qarab farqlanadi. Eng past miqdor ayrim yo‘nalishlarda 36million 300 ming so‘mdan boshlanadi.
Eng yuqori super-kontrakt esa quyidagi yo‘nalishlarda belgilangan:
Iqtisodiyot;
Menejment;
Biznesni boshqarish;
Mazkur yo‘nalishlarda super kontrakt miqdori 59million 400 ming so‘mni tashkil etadi.
Abituriyentlar o‘zlari tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan to‘lov miqdori bilan jadvallar orqali tanishishlari mumkin.


