11:32, Iyul 6, 2026
/
554

TDIUda “Davlat auditi” oliy maktabi tashkil etiladi

2026-2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzurida fakultet maqomiga ega “Davlat auditi” oliy maktabi faoliyat boshlaydi.

Shuningdek, “Davlat auditi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul qilish tartibiga ham yangi talab joriy etildi. Unga ko‘ra agar abituriyent “Davlat auditi” yoʻnalishiga o‘qishga topshirsa, chet tili fanidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat, matematika fanidan esa B va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat talab etiladi. 

Mazkur sertifikatlarga ega abituriyentlar chet tili va matematika fanlaridan test sinovini topshirishdan ozod etiladi hamda faqat ona tili va Oʻzbekiston tarixi fanlaridan test ishlaydi. 

Qarorga koʻra, chet tili va matematika fanlaridan tegishli sertifikatga ega boʻlmagan abituriyentlar “Davlat auditi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlash huquqiga ega boʻlmaydi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari