Team University bitiruvchilariga LSBU diplomlari topshirildi

Toshkent shahridagi muhtasham Hyatt Regency majmuasida TEAM University oliy ta’lim muassasasining navbatdagi bitiruv marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi. Oliy ta’lim muassasasining yuzga yaqin bitiruvchilari uchun ushbu oqshom nafaqat talabalik davrining mantiqiy yakuni, balki professional va intellektual faoliyatlaridagi yangi bosqich boshlanishi sifatida muhrlandi.

Ikki tomonlama xalqaro diplom va nufuzli mehmonlar
Tadbiring rasmiy qismida bitiruvchilarga TEAM University hamda Buyuk Britaniyaning nufuzli London South Bank University (LSBU) diplomlari topshirildi. Hujjatlarni LSBU pro-vitse-kansleri, professor Rodney Day hamda universitet ta’sischilari – Zafar Hoshimov va Hikmat Abdurahmonov shaxsan topshirib, yosh mutaxassislarga kelgusi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Britaniya Kengashi vakillari ishtirok etib, ta’lim dargohining mamlakatimizda sifatli kadrlar tayyorlash borasidagi o‘rnini yuqori baholashdi.

Rasmiy taqdirlash marosimidan so‘ng bitiruvchilar va taklif etilgan mehmonlar uchun bayramona madaniy-ko‘ngilochar dastur hamda DJ King Macarella ishtirokidagi maxsus “Afterparty” shousi tashkil etildi.

TEAM University – O‘zbekistondagi ilk tadbirkorlik universiteti
TEAM University – 2020-yilda mamlakatimizning 11 nafar yetakchi tadbirkorlari (jumladan Zafar Hoshimov, Hikmat Abdurahmonov, Laziz Adhamov, Anvar Irchayev va boshqalar) tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekistondagi birinchi tadbirkorlik universitetidir. Maskanning bosh g‘oyasi va falsafasi “#Birinchi_bo‘lishdan_qo‘rqmang” shiori ostida amaliy biznes bilimlari hamda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega kadrlarni yetishtirishga qaratilgan.


Zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va amaliy xalqaro hamkorlik
Oliy ta’lim muassasasi xalqaro ta’lim standartlariga tayanib, mehnat bozori talablariga to‘liq javob beradigan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlamoqda:
- International Foundation Course (Tayyorlov kursi)
- BA (Hons) Tadbirkorlik va Xalqaro Biznes
- BA (Hons) Tadbirkorlik va Raqamli Innovatsiyalar
- BA (Hons) Tadbirkorlik va Marketing
Universitet talabalari o‘qish jarayonidanoq yetakchi biznes va moliya tuzilmalari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bugungi kunga qadar universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan 200 dan ortiq bitiruvchilar Korzinka.uz, Kapitalbank, Coca-Cola, Aloqa Ventures, Golden Lake, GroundZero, Uzum, Dodo Pizza hamda Ipotekabank kabi nufuzli kompaniyalarda mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda.
Hyatt Regencyda o‘tgan ushbu tantanali marosim ham TEAM University ta’lim modelining samaradorligini ko‘rsatuvchi yana bir amaliy isbot bo‘ldi.

Balki keyingi bitiruv marosimida sahnada aynan siz bo‘larsiz!
Universitetda yangi o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda! IELTS 5.5+ sohiblari uchun 100% gacha grant yutib olish imkoniyati ham mavjud.
Shoshiling, joylar soni cheklangan. Hujjatlar 30-sentyabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot:
+998 90 830 33 06
@teamuni_uz (telegram)
©️Reklama huquqi asosida