07:42, Iyul 6, 2026
/
486

Texnikum bitiruvchilari diqqatiga: OTMlarga suhbat orqali qabul boshlandi!

Texnikumni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarni oliy ta’lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishlariga (2-kursdan boshlab) faqat suhbat qabul qilish jarayonlari boshlandi.

Hujjat topshirish tartibi qanday?

  • Muddat: Arizalar 25-iyulga qadar (25-iyul kuni ham) qabul qilinadi.
  • Tizim: Jarayon my.edu.uz sayti orqali to‘liq onlayn amalga oshiriladi.
  • Talab qilinadigan hujjatlar: Diplomning aslini yuklash shart emas. Shaxsiy ma’lumotlarni kiritishning o‘zi yetarli, qolgan barcha ma’lumotlarni tizim bazadan o‘zi avtomatik tortib oladi.

“Muvaffaqiyatli bitiruvchi” maqomiga kimlar mos keladi?

O‘qish davrida barcha semestrlarni faqat «4» (yaxshi) va «5» (a’lo) baholarga yopgan o‘quvchilar. Bunda «a’lo» baholar miqdori:

  • Umumiy yo‘nalishlarda — kamida 50 foizni;
  • Tibbiyot yo‘nalishlarida esa — kamida 85 foizni tashkil etishi shart.

Suhbatdan o‘tish va talaba bo‘lish sharti

Suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball yoki undan yuqori bo‘lgan abituriyentlar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi. Ular oliygohning 2-kursiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Muhim eslatma: Ushbu tartib barcha oliygohlarga xos emas. Qoidalar oliy harbiy va harbiylashtirilgan o‘quv yurtlari, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliygohlar hamda ularning filiallari uchun amal qilmaydi.

Texnikum bitiruvchilari o‘z sohalari bo‘yicha universitetlarning 2-kursida o‘qishni davom ettirishlari mumkin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bilan bu yerda tanishishlari mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari