08:19, Noyabr 3, 2026
/
1,1 тыс

Texnikum öquvçilari ham xorijda işlab, sayohat qilişi mumkin böladi

2026/2027-öquv yilidan boşlab texnikum öquvçilariga ham “Work and Travel” xalqaro dasturlarida qatnaşiş imkoniyati yaratiladi.

Yangi tartibga köra, texnikumlarning örta va örta maxsus kasbiy ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan yoshlar xorijiy davlatlarda vaqtinça işlaş va sayohat qiliş imkoniyatiga ega böladi. Bu haqida Kasbiy ta’lim agentligi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktyabrdagi 604-son qaroriga tayanib xabar berdi.

Dastur doirasida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQŞ, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga boriş nazarda tutilgan.

Xorijga boriş xarajatlari uçun ssuda ham ajratiladi. Mazkur mablağ öquvçilarning boriş-keliş, yol xarajatlari va dasturda iştirok etiş bilan boğliq boshqa xarajatlarini qoplaşga yönaltiriladi.

Amaldagi tartibga köra, oliy ta’lim muassasalari talabalariga “Work and Travel” dasturida qatnaşiş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 40 baravari miqdorida foizsiz ssuda beriladi. Bu imkoniyatdan har yili 2 ming nafargaça talaba foydalanişi mumkin.

Ssuda grant hisoblanmaydi. Uni xorijda böliş uçun berilgan vizada körsatilgan muddat tugaganidan söng bir oy içida qaytariş talab etiladi. Ssuda oliş uçun xorijiy iş beruvçi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi, viza va boshqa tegisli hujjatlar talab qilinadi. Arizalar davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

Biroq mazkur moliyaviy şartlarning texnikum öquvçilariga aynan qanday tatbiq etilişi yangi qaror asosida aniqlashtirilişi lozim.

Şuningdek, texnikum öquvçilarining ta’lim muassasasi, mutaxassisligi, kursi, ta’lim şakli, öquvçilik maqomi va baholari haqidagi ma’lumotlar EMIS RT axborot tizimida aks ettiriladi.

Migratsiya agentligi esa har yili 1-martga qadar “Work and Travel” dasturlari doirasida xorijiy iş beruvçilar bilan hamkorlik şartnomalarini tuziş çoralarini köradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq texnikum öquvçilariga mazkur dastur orqali 6 oygaça xorijda işlab, qöşimça daromad topiş imkoniyati yaratilishi e’lon qilingan edi.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari