15:38, Noyabr 9, 2026
/
161

Tibbiyot oliygohlari talabalari volontyorlik faoliyatiga kengroq jalb etiladi

Özbekistonda volontyorlik bilan şuğullanuvçi yoşlarni rağbatlantirişning yangi tizimi joriy etiladi.

Volontyorlik qilganlar raqamli ball töplaydi

Farmonga muvofiq, volontyorlik faoliyatini rağbatlantiriş uçun “ijtimoiy token” tizimi joriy etilişi belgilangan. Buning uçun volontyor.uz platformasi takomillaştirilib, volontyorlarning faoliyati va erişgan natijalari “ijtimoiy faollik kartasi”da aks ettiriladi.

Yangi tizim orqali yoşlar özlari qatnaşgan ijtimoiy loyihalar, köngillilik tadbirlari va jamiyatga foyda keltiradigan taşabbuslari uçun raqamli ball töpläşi mumkin böladi. Uşbu ballarni monetizatsiya qiliş, ya’ni moddiy va boşqa ehtiyojlar uçun foydalanış imkoniyatini yaratiş ham nazarda tutilgan.

Tibbiyot talabalari yangi loyihalarga jalb etiladi

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurs talabalari volontyorlik faoliyatiga kengroq jalb etiladi.

Ular birlamçi tibbiy yordam muassasalari infratuzilmasini jamoatçilik monitoringidan ötkaziş, aholining tibbiy xatlov jarayonlariga kömaklaşiş kabi tadbirlarda iştirok etişi mumkin. Biroq uşbu faoliyat talabalar tomonidan mustaqil tibbiy xizmat körsatilişini anglatmaydi. Ularning aniq vazifalari tegişli dasturlar doirasida belgilanadi.

Yettita hududdagi texnikumlarda volontyorlik kurslari oçiladi

Volontyorlik faoliyatini ommalaştiriş maqsadida professional ta’lim tizimida ham yangi tartib joriy etiladi. Farmonga muvofiq, 2026/2027-öquv yilidan boshlab 7 ta hududdagi bittadan texnikumda tajriba-sinov tariqasida volontyorlik böyiça maxsus öquv kurslari taşkil etiladi. Dastlab uşbu kurslar Toşkent şahri, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farğona viloyatlaridagi texnikumlarda yölga qöyiladi.

Maxsus kurslar orqali öquvçilarga volontyorlik faoliyatining mazmuni, jamiyatdagi ahamiyati va ijtimoiy taşabbuslarda qatnaşişga oid zarur könikmalarni örgatiş maqsad qilingan.

2027/2028-öquv yilidan boshlab esa ehtiyojdan kelib çiqib, uşbu tajribani boşqa hududlardagi texnikumlarda ham joriy etiş nazarda tutilgan.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari