Tibbiyot talabalari uchun yangi tartib belgilandi

Rasmiy huquqiy axborot portalida Rossiya prezidentining tibbiyot oliygohlari va kollejlarining bitiruvchilari bandligini ta’minlashga qaratilgan qonuni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, endi Rossiyada ordinaturadagi barcha byudjet o‘rinlari maqsadli bo‘ladi. Agar talabgor agar maqsadli shartnoma tuzishni istamasa, u o‘qishni faqat bo‘sh o‘rin bo‘lsa, pullik asosda davom ettirishi mumkin.
Shuningdek, mintaqa hokimliklari endi yosh tibbiyot mutaxassislarini ishga joylashtirish, murabbiylikni tashkil qilish va qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar berish bo‘yicha mas’ul bo‘ladi. Bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish dasturida ishtirok etuvchi tibbiyot tashkilotlari ham maqsadli o‘qitish buyurtmachisi bo‘lishi mumkin.
Maqsadli o‘qishga qabul kvotalarini hukumat belgilaydi. Agar tibbiyot yoki farmatsevtika yo‘nalishi talabalari (ordinatura bundan mustasno) maqsadli shartnomani bekor qilsa yoki belgilangan tashkilotda ishlashdan bosh tortsa, ular o‘qishga sarflangan mablag‘ni qoplashlari, shuningdek, shu summaning ikki baravari miqdorida jarima to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Avval taqdim qilingan tahrirda barcha byudjet o‘rinlari maqsadli bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi. Yakuniy qabul qilingan qonunga ko‘ra esa:
— 70% o‘rinlar maqsadli,
— 30% o‘rinlar oddiy byudjet bo‘ladi.
Ra’no Nusratilloyeva