Afg‘on tibbiyot talabalaridan mamlakatni tark etish talab qilindi

Pokiston tibbiyot va stomatologiya oliygohlarida tahsil olayotgan afg‘onistonlik talabalarni mamlakatdan chiqib ketishga majbur qildi.
Shuningdek, afg‘on fuqarolariga qo‘shimcha ko‘rsatmagacha tibbiyot va stomatologiya ta’lim muassasalariga qabul qilinish, o‘qishni ko‘chirish yoki boshqa yo‘l bilan ro‘yxatdan o‘tish taqiqlandi.
Ta’lim muassasalariga talabalarning hujjatlarini tayyorlash va mamlakatni tark etishida yordam berish topshirilgan. Biroq bitiruvchi kurs talabalari uchun istisno bor-yo‘qligi hozircha ma’lum emas.
Lahorning o‘zida kamida 43 nafar afg‘on talabasi, jumladan 26 nafar qizga ushbu qaror ta’sir qilgan. Ularga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 24 soat vaqt berilgan.
Ushbu qaror talaba qizlarning ta’limiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki Afg‘onistonda ayollarning oliy ta’lim olishi bo‘yicha keskin cheklovlar mavjud.