12:50, Noyabr 14, 2025
/
423

Til o‘rganish miyani qaritmaydi!

Olimlar ilmning foydasini isbotladi.

Bir nechta tilni bilish miyaning qarishini sekinlashtirishi va kognitiv qobiliyatlarning pasayishidan himoya qilishi mumkin. Yevropa olimlarining yangi tadqiqoti buni isbotladi. Bunday odamlarda faqat bir tilda so‘zlashuvchilarga qaraganda tez qarish ehtimoli ikki baravar kam. Tadqiqot natijalari Nature Aging jurnalida chop etildi.

Ko‘p tillilik va sog‘lom qarish o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish uchun olimlar hisoblash yondashuvidan foydalandi. Ushbu tadqiqotda Yevropaning 27 mamlakatidan 51 yoshdan 90 yoshgacha bo‘lgan 86 ming sog‘lom kishi ishtirok etdi.

Yoshdagi bioxulq-atvor farqining paydo bo‘lish ehtimoli kamida tilda so‘zlashuvchilarda pastroq bo‘ladi.

Ya’ni ular ham jisman ham miya nuqtayi nazaridan bir xil yoshda bo‘ladilar. “Atigi bitta qo‘shimcha til tez qarish xavfini kamaytiradi. Chili Universiteti neyrobiologi, tadqiqotchi Agustin Ibanesning fikricha, ikki yoki uchta tilda gapirganingizda, miyaga ta’sir kuchliroq bo‘ladi. Tadqiqotchilar o‘z xulosalari siyosatchilarga ta’sir qilishiga umid qilishmoqda. Hamda ulardan ta’lim sohasida til o‘rganishni rag‘batlantirishni kutishmoqda.

Shuningdek, avvalgi xabarlarda dunyo olimlarining video‘yinlar miyani yoshartirishiga oid xulosalari ham e’lon qilingan edi.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari