13:34, Mart 12, 2026
/
304

Ba’zi yo‘nalishlarda magistratura to‘liq grant asosida bo‘ladi

“Aholiga narkologik va psixiatrik xizmat ko‘rsatish tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab narkologiya, psixiatriya va tibbiy psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistratura va klinik ordinatura/rezidentura bitiruvchilari uchun o‘qish muddati 2 yil davom etishi kutilmoqda.

Bunda psixiatriya ixtisosligini bitiruvchi kurs magistrlari va klinik ordinator/rezidentlariga o‘qish davrida psixiatriya va narkologiya muassasalarida psixiatr va narkolog shifokorlari lavozimlarida hamda tez tibbiy yordam psixiatrik brigadasida feldsher lavozimlarida o‘rindoshlik asosida ishlashiga ruxsat etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, psixiatriya ixtisosligini bitiruvchi kurs magistrlari va klinik ordinator/rezidentlariga kattalar va bolalar psixiatri (psixonevrolog), suitsidolog shifokori bo‘lib, narkologiya ixtisosligi bitiruvchi kurs magistrlari hamda klinik ordinator/rezidentlarga esa narkolog shifokori bo‘lib ishlash huquqi berilishi rejalashtirilgan. Psixiatriya va narkologiya ixtisosliklarini bitiruvchi kurs magistrlari va klinik ordinator/rezidentlariga hamda tez tibbiy yordam psixiatriya bo‘yicha ko‘shimcha ixtisoslashitirish kurslari bitiruvchilariga tez tibbiy yordam psixiatr shifokori bo‘lib ishlash huquqi berilishi mumkin.

Bundan tashqari, qaror loyihasida:

➖2030-yil yakuniga qadar ruhiy salomatlik xizmatiga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib mutaxassislarini magistratura va klinik ordinatura/rezidentura bosqichida tayyorlashda to‘liq davlat granti asosida qabul qilinishi;

➖olis hududlarda narkolog, psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt va tez tibbiy yordam psixiatrik brigadasining tibbiy xodimlari bo‘lib ishlayotgan mutaxassislarning yashashi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan oshmagan miqdorida ijara haqlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi;

➖2027-yil 1-yanvardan boshlab tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida psixiatr, bolalar psixonevrologi (bolalar psixiatri), tibbiy psixolog, narkolog, tez tibbiy yordam psixiatrik brigadasining shifokor hamda psixiatriya va narkologiya davolash muassasalarida faoliyat yuritayotgan psixiatr, narkolog, tibbiy psixolog, psixoterapevt hamda suitsidologlarning lavozim maoshiga, lavozimidan qat’i nazar, zararli mehnat sharoitlari uchun ish haqiga ustama miqdori 100 foizga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari