13:46, Sentabr 30, 2026
/
4,1 тыс

O‘zbekistonda TOP-300 universitetlar filiallari ochiladi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 32 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Endilikda esa dunyoning eng kuchli 300 ta universiteti filiallarini O‘zbekistonda tashkil etish asosiy vazifalardan biri bo‘ladi.

Xususiy oliygohlarga qanday imkoniyat beriladi?

Nufuzli xorijiy universitetlar franshizasini olib kelgan xususiy oliygohlar uchun bir qator qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi:

– laboratoriya va jihozlarga sarflangan mablag‘larning 50 foizigacha qismi qoplanadi;

– xorijiy universitet brendi uchun to‘langan mablag‘ning 50 foizigacha qismi qoplab beriladi;

– kampus qurish xarajatlarining 30 foizigacha kompensatsiya qilinadi;

– investitsiyaning qaytishini ta’minlashga xizmat qiladigan davlat granti o‘rinlari ajratiladi.

Qaysi yo‘nalishlarga ustuvor ahamiyat beriladi?

Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda, avvalo, mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlarga e’tibor qaratiladi.

Jumladan:

– muhandislik;

– qishloq va suv xo‘jaligi;

– energetika;

– sun’iy intellekt;

– tibbiyot.

Shuningdek, davlat rahbari uchrashuv davomida pedagoglar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.

Uchrashuv yakunida Prezident:

“Ustozni e’zozlash – bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini e’zozlashdir”, – dedi.

Davlat rahbari pedagoglarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, ularga shogirdlari yutug‘i, ota-onalar duosi va el-yurt hurmati hamisha hamroh bo‘lishini tiladi.

Ilmira Alizoda

Fikrlar (0)
Avval yangilari