08:26, Avgust 25, 2026
/
257

To‘qimachilik instituti oldidagi yo‘l muammosi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari va yaqin hudud aholisi Shoxjahon ko‘chasidagi tugallanmagan trotuar ta’miriga e’tibor qaratishni so‘ramoqda.

Gap Bobur ko‘chasidan institut tomon bo‘lgan yo‘lak haqida ketmoqda. Aholining aytishicha, iyun oyida bu yerda yangi trotuar plitalarini yotqizish ishlari boshlangan, biroq bir necha kundan so‘ng ishlar to‘xtab qolgan. Natijada qurilish materiallari va tugallanmagan yo‘lak piyodalar uchun noqulaylik tug‘dirmoqda. 

Muammoni avtomobillarning trotuarlarga qo‘yilishi yanada kuchaytirmoqda. Shu sababli institut talabalari, 89-maktab o‘quvchilari va boshqa piyodalar yo‘lning qatnov qismiga chiqib yurishga majbur bo‘lmoqda.


Aholi mas’ullardan:
– trotuar ta’mirini yakunlash
– qurilish materiallarini olib tashlash
– trotuarda avtomobillar to‘xtashining oldini olish
– 89-maktab qarshisida ko‘tarilgan piyodalar o‘tish joyini tashkil etib, uni trotuarga ulashni so‘ramoqda. 

O‘ylaymizki mas’ullar yanggi o‘quv yili oldidan bu muammoni bartaraf etishadi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari