16:02, Noyabr 11, 2026
/
307

Toşkentda 5 ming kişini birlaştiradigan yirik festival ötkaziladi

24-26-noyabr kunlari Toşkent şahridagi Humo Arena majmuasida Markaziy Osiyoda ilk bor Teçstars Startup Week texnologiyalar festivali bölib ötadi. Tadbirda 5 ming nafar iştirokçi qatnaşişi kutilmoqda.

Uç kun davom etadigan festival startap asosçilari, xalqaro ekspertlar, investorlar, yirik kompaniyalar vakillari hamda texnologiya sohasiga qiziquvçi yoşlarni bir maydonda jamlaydi.

Festival doirasida uçta sahnada turli tadbirlar taşkil etiladi. Jumladan, soha yetakçilarining ma’ruzalari, amaliy seminarlar, panel muhokamalari, körgazmalar va tajriba almaşiş uçraşuvlari ötkaziladi.

Tadbir nafaqat startap egalari, balki talabalar, frilanserlar, yangi biznes boşlaş istagidagi yoşlar va zamonaviy texnologiyalarga qiziquvçi barça uçun oçiq.
Iştirokçilar festival davomida xalqaro mutaxassislar bilan muloqot qiliş, sohadagi yangi tendensiyalar bilan tanişiş hamda professional aloqalar örnatiş imkoniyatiga ega böladi.

Festivalda iştirok etiş bepul. Buning uçun techstarsuzbekistan.uz sayti orqali oldindan röyxatdan ötiş talab etiladi.

Röyxatdan ötish

Fikrlar (0)
Avval yangilari