Ulgurmasangiz bir yil kutasiz: Magistraturaga qabul bugun tugaydi!

2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura bosqichiga hujjat qabul qilish jarayoni my.edu.uz platformasi orqali bugun yakunlanadi.
Kerakli hujjatlar:
- Bakalavr diplomi
- Chet tilini bilish sertifikati
Sertifikat talab etilmaydigan talabgorlar:
- Tegishli yutuqlarga ega bo‘lganlar (olimpiada g‘oliblari va h.k.)
- Nogironlik ma’lumotnomasiga ega bo‘lganlar (ko‘rish, eshitish yoki nutqida nuqsoni bo‘lganlar)
- Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlaganlar
Ariza topshirish bosqichlari:
Ro‘yxatdan o‘tish va ariza qoldirish
Telefon raqami yoki ONE ID orqali tizimga kirib, shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirasiz. Ariza ma’lumotlarini kiritishda chet tili sertifikatining asl nusxasini (imzo va muhr bilan) yuklash talab etiladi. Xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy sertifikatlar Bilim va malakalarni baholash agentligining tegishli bazasidan avtomatik tarzda olinadi.
Ariza ma’lumotlarini tekshirish
Ariza ma’lumotlari va yuklangan hujjatlar, shuningdek imtiyozlar hamda ta’lim yo‘nalishining mosligi OTM tomonidan tekshiriladi.
Diplom ma’lumotlarini tasdiqlash
Talabgorning diplom ma’lumotlari u tamomlagan oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Hujjatlar verifikatsiyasi
Talabgor tomonidan yuklangan hujjatlar, jumladan chet tilini bilish sertifikatlari, imtiyoz beruvchi yutuqlar hamda nogironlikni tasdiqlovchi hujjatlar tegishli axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari orqali tekshiriladi.
Hujjat topshirish bugun 23:59 da yakunlanadi.