14:30, Iyun 8, 2026
/
318

Bir universitetning ikki yo‘nalishi davlat akkreditatsiyada “muvofiq emas” deb topildi

Dam olish kunlarida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi va universitetlarida bir qancha yangiliklar amalga oshirildi

➖Farg‘ona davlat universitetida maxsus davlat akkreditatsiyasi amalga oshirildi

Farg‘ona davlat universitetining 10 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilib, 8 tasi muvofiq, 2 tasi muvofiq emas deb topildi. Veterinariya meditsinasi hamda biznes huquqi aynan shu yo‘nalishlardir. Akkreditatsiyadan o‘tmagan ta’lim dasturlari bo‘yicha mazkur OTMga yangi o‘quv yili uchun talabalar qabuli to‘xtatiladi. Ya’ni, universitet ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha abituriyentlarni qabul qilish huquqini vaqtincha yo‘qotadi. Hozirgi vaqtda ushbu yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarning o‘qishi to‘xtatilmaydi. Ularga o‘qishni davom ettirish va diplom olish imkoniyati beriladi. Biroq ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha OTMga qat’iy muddat va talablar qo‘yiladi.

➖Farg‘onalik talaba yaratgan platforma dunyoning 226 mamlakatiga yetib bordi
Farg‘ona davlat texnika universiteti
4-bosqich talabasi Qobiljon Boltaboyev akasining oddiy bir taklifini global loyihaga aylantirdi. Bugun uning EduGames.uz platformasidan nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning 226 ta nuqtasida ham foydalanilmoqda.

➖Oʻzbekiston tibbiy taʼlimi xalqaro maydonda yetakchilikni qoʻlga kiritdi
 
Hindistonning Tibbiyot fanlari milliy imtihonlar kengashi (NBEMS) tomonidan Hindistonning tibbiyot sohasidagi eng muhim litsenziyalash imtihonlaridan biri hisoblangan Foreign Medical Graduate Examination (FMGE)ning 2025-yil natijalari eʼlon qilindi.

Unga koʻra, tibbiyot sohasi boʻyicha chet ellik talabalarni tayyorlaydigan davlatlar orasida Oʻzbekiston 40,37 foizlik muvaffaqiyat koʻrsatkichi bilan dunyoda toʻrtinchi, MDH va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari oʻrtasida birinchi oʻrinni egalladi. Hindiston fuqarolari tibbiy diplom olgan xorijiy mamlakatlar orasida Oʻzbekiston yetakchilikni qoʻlga kiritdi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari