Talabalik hayoti
Mavzuga obuna bo‘lish
UrDU magistratura uchun “super” narxlarini e’lon qildi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili magistratura qabuli bo‘yicha tanlovdan o‘ta olmagan, biroq o‘qishni davom ettirish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun imkoniyat berildi. Ular belgilangan qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lsa-da, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida magistraturada tahsil olishlari mumkin.
Bunda to‘lov miqdori tegishli mutaxassislik bo‘yicha amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt summasiga nisbatan tabaqalashtirilgan tartibda hisoblanadi. Ro‘yxatda tarix, lingvistika hamda adabiyotshunoslik yo‘nalishlari ustunlik qilmoqda.
0
Fikrlar (0)
Avval yangilari
Fikr bildirish uchun akkauntingizga kirishingiz kerak.
Войти