Prezident urganchlik talabaga tabrik yo‘lladi

Slovakiyaning Bratislava shahrida sport kurashlari bo‘yicha U20 jahon chempionati davom etmoqda.
Quvonarlisi, -63 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Urganch davlat universiteti talabasi Quvonchbek Ismoilov yunon-rum kurashi bahslarida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Finalda hamyurtimiz rossiyalik Salim Karmaxovga qarshi gilamga chiqib, murosasiz kechgan bellashuvda 9:7 hisobida g‘alaba qozondi.
Quvonchbek finalga qadar xitoylik Jaojian Vangni 14:5, finlyandiyalik Matias Arpyanenni 9:8, ozarbayjonlik Tural Ahmadovni 3:2 hamda ekvadorlik Veliz Karrasedoni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
G’alabadan keyin, Prezidentimiz yosh sportchimizni jahon chempionligi bilan samimiy muborakbod etdi.