08:37, Avgust 26, 2026
/
583

Nega ayrim yoʻnalishlarda vakant oʻringa ariza berib boʻlmayapti?

Imtihondan o‘tib, lekin hech qaysi OTMga kira olmagan abituriyentlarda bazaviy kontrakt asosida o‘qishga kirish uchun ikkinchi imkoniyat bor.

Hozirda respublika bo‘yicha 80 ta OTMda jami 31 823 ta bo‘sh (vakant) o‘rin qolgan. 

Nega ayrim yo‘nalishlarga ariza topshirib bo‘lmayapti?

Ko‘pchilik abituriyentlar tizimga kirib, o‘zlari xohlagan yo‘nalishni tanlay olmaslikdan shikoyat qilmoqda. Sababi juda oddiy:

Kvota to‘liq to‘lgan. Tibbiyot, iqtisodiyot, pedagogika, filologiya kabi talab juda yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda birorta ham bo‘sh o‘rin qolmagan. U joylar 1-bosqichdayoq to‘lib bo‘lgan.

Faqat bo‘sh o‘rni bor yo‘nalishlar ochiq. Ariza topshirish tizimida (my.uzbmb.uz) faqat kvotasi to‘lmay qolgan va sizning fanlar majmuangiz hamda ta’lim tilingizga mos keladigan yo‘nalishlarnigina tanlash mumkin.

Kimlar ariza bera oladi? 
Imtihonda 56,7 va undan yuqori ball to‘plab, talabalikka tavsiya etilmaganlar 6-yo‘nalish uchun ariza beradi. Arizalar qabuli 22-avgustdan 28-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi. Natijalar, 1 hafta ichida ballar ketma-ketligi bo‘yicha e’lon qilinadi.

6- yo‘nalish bo‘yicha batafsil ma’lumot bu yerda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari