12:45, Noyabr 4, 2026
/
1,9 тыс

Viloyatdagi 50% maktab bitiruvçisi texnikumda öqiydi

Buxoroda maktab bitiruvçilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qiliş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, viloyatdagi 10 ta oliy ta’lim muassasasida dual ta’lim qamrovi ikki barobar oşiriladi.

Bu haqida Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga bağişlab ötkazilgan yiğilişda ma’lum qilindi.

Yiğilişda hududda ta’lim sifatini oşiriş, kasbiy ta’lim imkoniyatlarini kengaytiriş va mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar tayyorlaş masalalari muhokama qilindi.

Xususan, tadbirkorlarga yer ajratiş orqali xususiy boğça va maktablar sonini köpaytiriş, maktab bitiruvçilarining yarmini texnikumlarda öqitiş vazifasi belgilandi.

Şuningdek, texnikumlarni yirik tadbirkorlar va investorlar bilan hamkorlikka jalb qiliş, ularda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etiş közda tutilgan. Viloyatdagi 10 ta davlat va xususiy oliy ta’lim muassasasida dual ta’lim bilan qamrovni ikki barobar oşiriş rejalaştirilmoqda.

Yiğilişda soğliqni saqlaş sohasidagi masalalar ham körib çiqildi. Ma’lum qilinişiça, joriy yilda 29 ta şifoxona va poliklinika yangilangan. Biroq birlamçi tibbiy yordam sifatini oşiriş dolzarb vazifalardan biri bölib qolmoqda.

Mutasaddilarga tibbiy xizmat sifatini yaxşilaş, sohaga investitsiyalar jalb etiş va xorijda tajriba orttirgan vatandoşlar salohiyatidan foydalaniş böyiça topşiriqlar berildi.

Şuningdek, Prezident Olot tumani hokimi Nargiza Nematovaning hududni rivojlantiriş borasidagi faoliyatini e’tirof etdi. Uning samarali mehnati va yangi iş örinlari yaratiş orqali aholi farovonligini oşirişga qöşgan hissasi uçun “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlaşga qaror qilingani e’lon qilindi.

Ilmira ALIZODA

Fikrlar (0)
Avval yangilari