14:50, Noyabr 9, 2026
/
207

Volontyorlik qilgan talabalarga işga kirişda ustunlik beriladi

Özbekistonda 2027-yildan talabalar uçun “Kasbiy volontyorlik” dasturi joriy etiladi. Şuningdek, volontyorlik bilan faol şuğullangan yoşlarni davlat taşkilotlarining kadrlar zaxirasiga kiritiş hamda ayrim lavozimlarga işga qabul qilişda ularga ustunlik beriş nazarda tutilmoqda.

2026-yil 6-noyabrda Prezidentning “Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF–240-son Farmoni qabul qilindi. Hujjatda volontyorlik faoliyatini rivojlantiriş, yoşlarning ijtimoiy taşabbuslarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş, ularni rağbatlantirişning yangi mexanizmlarini joriy etiş hamda ta’lim muassasalarida köngillilik faoliyatini kengaytirişga oid çora-tadbirlar belgilandi.

Talabalar öz mutaxassisligi böyiça volontyorlik qilişi mumkin

Farmonga muvofiq, 2027-yildan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari va texnikum öquvçilari uçun “Kasbiy volontyorlik” dasturi yölga qöyiladi. Dastur doirasida yoşlar özlari ta’lim olayotgan mutaxassislikka mos ijtimoiy loyihalarda köngilli sifatida qatnaşişi mumkin.

Masalan, tibbiyot yö­nalişida öqiyotgan talaba soğliqni saqlaşga oid ijtimoiy loyihalarda, pedagogika talabasi ta’limiy taşabbuslarda, axborot texnologiyalari yö­nalişidagi talaba esa raqamli savodxonlikni oşirişga qaratilgan tadbirlarda iştirok etişi mumkin.

Bunda davlat organlari va taşkilotlari talabalarning darsdan böş vaqtlarida volontyorlar guruhi tarkibida faoliyat yuritişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratib berişi belgilangan.

Muhimi, dasturda iştirok etiş ixtiyoriy. Ya’ni, talabalarni volontyorlik faoliyatiga majburiy jalb etiş nazarda tutilmagan.

Faol volontyorlar davlat taşkilotlarining kadrlar zaxirasiga kiritilişi mumkin

Farmonda volontyorlik faoliyatini uzoq muddat davom ettirgan yoşlarni rağbatlantiriş masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan, ikki yil davomida volontyorlik bilan faol şuğullanib, ijobiy natijalarga erişgan şaxslardan faol volontyorlar guruhlarini şakllantiriş belgilangan.

Bunday volontyorlar Vasiylik kengaşi tavsiyasiga asosan davlat organlari va taşkilotlarining kadrlar zaxirasiga kiritilişi mumkin.

Bu volontyorlik bilan şuğullangan yoşlar kelajakda davlat taşkilotlarida faoliyat yuritiş uçun istiqbolli nomzodlar qatorida körib çiqilişi mumkinligini anglatadi.

Biroq kadrlar zaxirasiga kiritiş avtomatik ravişda iş bilan ta’minlaş yoki davlat lavozimiga tayinlaş degani emas.

Volontyorlik tajribasi işga kirişda ustunlik beradi

Yana bir muhim yangilik: 2027-yil 1-yanvardan işga qabul qilişda volontyorlik tajribasini inobatga oliş böyiça yangi tartib tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.

Unga köra, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga ijtimoiy xodimlarni işga qabul qilişda nomzodlarning malaka körsatkiçlari teng bölgan hollarda volontyorlik faoliyati bilan şuğullangan şaxsga ustunlik beriladi.

Masalan, ijtimoiy xodim lavozimiga ikki nafar nomzod hujjat topşirib, ularning malaka körsatkiçlari teng deb baholansa, ulardan volontyorlik tajribasiga ega bölganiga ustunlik berilişi mumkin.

Biroq mazkur imtiyoz barça davlat taşkilotlari yoki barça lavozimlarga tegışli emas. Hozirça u aynan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodim lavozimlariga işga qabul qiliş jarayonida qöllanadi.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari