12:59, Sentabr 25, 2026
/
6,0 тыс

Xalqaro reyting e’lon qilindi: o‘zbek oliygohlari ichida TDYU yetakchi

Xalqaro “UI GreenMetric World University Rankings 2026” reytingining yangi natijalari eʼlon qilindi. Bu yilgi baholashda dunyoning 110 davlatidan jami 2 016 ta oliygoh qatnashgan bo‘lib, Oʻzbekistondan 89 ta OTM ro‘yxatga kiritildi.

Bu nufuzli reyting universitetlarning nafaqat ta’lim sifati, balki tabiatga munosabati va ekologik mas’uliyatini ko‘rsatib beradi. Baholashda OTMlardagi “yashil” kampus infratuzilmasi, energiya va suv tejamkorligi, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, eko-transport tarmog‘i hamda raqamlashtirish kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan. 2026-yilgi asosiy mavzu ham aynan aqlli boshqaruv va raqamlashtirish orqali “barqaror kampus”larni rivojlantirishga qaratildi.

Respublikamiz OTMlari orasida Toshkent davlat yuridik universiteti eng yuqori natijani qayd etib, global reytingda 132-o‘rinni band qildi. O‘zbekiston bo‘yicha kuchli o‘nlikning to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

  1. Toshkent davlat yuridik universiteti – 132-oʻrin;
  2. Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 314-oʻrin;
  3. Qarshi davlat universiteti – 327-oʻrin;
  4. Andijon davlat texnika instituti – 367-oʻrin;
  5. Fargʻona davlat universiteti – 368-oʻrin;
  6. Toshkent davlat transport universiteti – 388-oʻrin;
  7. Buxoro davlat universiteti – 396-oʻrin;
  8. Toshkent davlat texnika universiteti – 405-oʻrin;
  9. Samarqand davlat universiteti – 485-oʻrin;
  10. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti – 486-oʻrin.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari