13:40, Aprel 11, 2025
/
141

Xodimlar hamkasblarining maoshlari qanchaligini bilishlari kerakmi?

Kaliforniya universiteti biznes maktabi olimlarining aniqlashicha, maoshlarning oshkoralik siyosati doim ham o‘zini oqlamaydi.
O‘tkazilgan tadqiqotga ko ‘ra, bir kompaniyada barcha xodimlar bir-birining maoshini biladigan bo’lsa, yuqori reytingdagi xodimlarni, o’zini yaxshi ishlayotgaligini anglagan holda, yanada ko’proq pul so’rashga undaydi. Ular “Men zo‘r ishlayapman, shuning uchun menga ko’proq to’lashlari kerak” deb hisoblashadi. Pastroq natijadagi xodimlar esa o‘zini kamroq oylik olishlarini bilishsa, yanada shijoatlarini so’ndiradi. Ular “Men yaxshi ishlay olmayapman, shuning uchun ko’proq oylik so’rashga uyalaman” deb o’ylashadi.
Shuning uchun, maoshlardagi shaffoflik hammaning kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmasligi mumkin. Ba’zilar o’zini adolatsiz his qilishi va ishlashga bo’lgan ishtiyoqi so’nishi mumkin. Maoshlarni oshkor qilish siyosatini joriy qilishdan oldin, kompaniyalar xodimlarning o’zini qanday his qilishini hisobga olishi kerak.

Fikrlar (0)
Avval yangilari