Xorijda o‘qishni xohlagan yoshlarga har o‘quv yili uchun 20 ming dollargacha ta’lim krediti beriladi

Hukumatning “Yoshlar va pedagog xodimlarning xorijda taʼlim olishlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 88-son qarori bilan2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoshlar hamda pedagog xodimlarni xalqaro reytinglarning QS yoki THE TOP-300 ro‘yxatiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi joriy etildi.
Yangi tartibga ko‘ra, bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olish uchun bir o‘quv yiliga 20 000 AQSH dollarigacha ekvivalent miqdorda milliy valyutada ta’lim krediti ajratiladi. Kreditning asosiy qarzi o‘qishning rasmiy muddati tugaganidan keyin 7 oy o‘tgach boshlanib, 7 yil davomida qaytariladi.
Kredit oluvchi bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
➖ariza;
➖shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
➖shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
➖taklifnoma-xat (1-kurslar uchun);
➖akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab)
➖to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys;
➖birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari yuzasidan ma’lumot; mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).
Kredit bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.