13:36, Fevral 6, 2026
/
360

Xorijiy talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgarmoqda

talabalarni

“Open Doors” xalqaro olimpiadasi orqali oliygohlarga o‘qishga kirgan talabalarni endilikda yo‘l, yashash va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplovchi grant olishlari mumkin. “Kommersant” nashrining aniqlashicha, 2025-yilda 2 ming nafar talaba to‘lov olgan bo‘lsa, bu yil ularning soni bir yarim barobar ko‘proq bo‘ladi.

Talabalarni grant orqali qo‘llab-quvvatlashni ham iqtisodiy, ham diplomatik nuqtai nazardan ijobiy baholash mumkin, deya ta’kidlaydi VShE (Oliy iqtisodiyot maktabi) Ta’lim instituti professori Irina Abankina.
“Ko‘pincha aynan shunday talabalar kelajakda o‘z mamlakatlarida rahbarlik lavozimlarini egallaydilar va u yerda o‘qish davomida o‘zlashtirilgan Rossiya qadriyatlarini yoyadilar (targ‘ib qiladilar)”, — deydi professor.

Vazirlik davlat ko‘magidan foydalanadigan boshqa davlatlardan kelgan talabalar sonini yanada oshirish niyatida. Prezident Vladimir Putin 2030-yilga kelib Rossiyadagi xorijiy talabalar sonini 500 ming nafarga yetkazish vazifasini qo‘ygan.

O‘zbekiston fuqarolari ham Rossiyaning «Open Doors: Russian Scholarship Project» xalqaro olimpiadasida qatnashish va g‘olib bo‘lish huquqiga to‘liq ega. Statistika bo‘yicha O‘zbekistonlik talabalar ushbu dasturning eng faol va ko‘p g‘olib bo‘ladigan ishtirokchilaridan biri hisoblanadi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari