15:50, Avgust 26, 2026
/
1,1 тыс

Xorijiy talabalarning Milliy universitetga qiziqishi ortib bormoqda

O‘zbekistonda ta’lim olish istagidagi xorijiy fuqarolar soni tobora ortib bormoqda. Xususan, mamlakatdagi oliy ta’lim tashkilotlariga “Study in Uzbekistan” platformasi orqali hujjat topshirayotgan xorijliklar soni kengaymoqda. Platforma orqali xorijiy abituriyentlar O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari va mavjud ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishib, o‘qishga hujjat topshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston oliy ta’limiga qiziqishi, avvalo, qaysi universitetlar va ta’lim yo‘nalishlariga bo‘layotgani hamda qaysi davlatlardan murojaatlar ko‘proq kelayotgani bilan ham e’tiborlidir.

Quyida xorijiy abituriyentlar eng ko‘p tanlayotgan universitetlar, ta’lim yo‘nalishlari va davlatlar haqida ma’lumot beramiz:

Xorijiy fuqarolar asosan qaysi universitetlarni tanlamoqda?

O‘zbekiston milliy universiteti;
Toshkent davlat texnika universiteti;
Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

Qaysi yo‘nalishlarda xorijiy fuqarolarning o‘qish istagi yuqori?

Davolash ishi;
Biotexnologiya;
Biologiya;
Stomatologiya;
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili;
Iqtisodiyot.

Qaysi xorijiy davlat fuqarolaridan qiziqish ko‘proq?

Turkmaniston;
Qirg‘iziston;
Tojikiston;
Rossiya Federatsiyasi;
Bangladesh;
Xitoy;
Ozarbayjon.

Fikrlar (0)
Avval yangilari