08:52, Oktabr 12, 2026
/
575

Xushxabar: ichki aviachiptalar 20 foizgacha arzonlashadi!

Raqobat qo‘mitasi “Uzbekistan Airways” AJ hamkorligida ichki aviareyslar tarifi qayta ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, 16-oktyabrdan e’tiboran chipta narxlari o‘rtacha 20 foizgacha arzonlashtirildi.

Deylik, avval Toshkentdan Nukusga chipta narxi o‘rtacha 515 000 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 20% lik chegirmaning evaziga endi 412 000 so‘m atrofida bo‘ladi. Yoki Toshkent – Buxoro reysi 330 000 so‘mdan 264 000 so‘mga tushadi. Tejalgan mablag‘ga esa yo‘l bo‘yi bir necha kunlik ovqatlanish yoki taksi xarajatlarini qoplash mumkin bo‘ladi.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari