14:14, Sentabr 7, 2026
/
253

Yana 4 ta OTMda super-kontrakt miqdorlari belgilandi

Guliston davlat universiteti – qo‘shimcha (super) kontrakt miqdori 29,6 mln so‘mdan 136,5 mln so‘mgacha etib belgilandi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti – 23,5 mln so‘mdan 164,8 mln so‘mgacha etib belgilandi.

Qoraqalpoq davlat universiteti – 22,2 mln so‘mdan 102,8 mln so‘mgacha etib belgilandi. 5 yil ish stajiga ega fuqarolar uchun kechki ta’limda eng kam miqdor 17,2 mln so‘mni tashkil etadi.

Qarshi davlat universiteti – 29,6 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha etib belgilandi.

Ma’lumot o‘rnida, kirish imtihonida 56,7 balldan kam bo‘lmagan, ammo tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish baliga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar qo‘shimcha ravishda super-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinishi mumkin. 

Super-kontrakt miqdori har bir ta’lim yo‘nalishi va oliygoh tomonidan alohida belgilanadi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari