Oliy ta’limda yangi mutaxassisliklar joriy etildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Endilikda OTMlarda quyidagi bakalavriat zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham mutaxassislar tayyorlanadi:
- Ekologiya va atrof-muhit
- Yashil iqtisodiyot
- Iqlim o‘zgarishi
- Qayta tiklanuvchi energiya
- Suv resurslarini boshqarish
- Mobil robototexnika
- Uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)
- Barqaror qishloq xo‘jaligi
- Ekoturizm
- Temir yo‘l muhandisligi
Magistratura bosqichida ham bir qator zamonaviy mutaxassisliklar ochildi. Jumladan,
- Xalqaro energetik siyosat
- Xalqaro suv diplomatiyasi
- Sirkulyar iqtisodiyot
- Barqaror moliya
- Rivojlanish iqtisodiyoti
- Ekologiya huquqi
- Xalqaro savdo huquqi
- Nazariy va muhandislik fizikasi
- Urbanistika
- Barqaror shaharsozlik
- Iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi
- Barqaror turizm
Shuningdek, klassifikatorga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Bunda, 760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi «Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash» deb qayta nomlandi.
766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi «Davlat va harbiy boshqaruv» nomi bilan tasdiqlandi. 799-pozitsiya esa klassifikatordan chiqarildi.