OTMlar 3 yil ichida yangi ta’lim modeliga to‘liq o‘tadi

Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatdagi oliy o‘quv yurtlarining yangi ta’lim modeliga to‘liq o‘tishi yaqin uch yil ichida yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Ayrim yiriklashtirilgan mutaxassislik guruhlari bo‘yicha ushbu jarayon 2027-yildan boshlanadi.
Islohotning asosiy tafsilotlari va qoidalari quyidagicha:
Amaldagi diplomlar o‘z kuchida qoladi. Ilgari qabul qilingan va ayni paytda bakalavriat hamda magistratura yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar o‘qishni muammosiz yakunlaydilar. “Bakalavr” va “Magistr” darajasi ko‘rsatilgan diplomlar kelgusida ham oliy ma’lumotni tasdiqlovchi amaldagi hujjat bo‘lib qoladi.
Tajriba loyihasi: Yangi tizimga o‘tish bo‘yicha tajriba loyihasi 2023-yilda boshlangan bo‘lib, hozirda unga 17 ta yetakchi OTM qamrab olingan. Yangi modelga ko‘ra, talabalar asosiy oliy ta’limda (4 yildan 6 yilgacha) hamda ixtisoslashgan oliy ta’limda (1-2 yil) bosqichlarida tahsil olishadi.Ma’lum qilinishicha, magistraturaga tenglashtirilgan ixtisoslashgan oliy ta’lim yo‘nalishini yangi namunadagi diplom bilan tugatgan bitiruvchilar ketma-ket uchinchi yil mehnat bozoriga kirib bormoqda.