07:59, Sentabr 7, 2026
/
187

Yo‘ldan qoching – poytaxtga talabalar keldi!

Poytaxtimizda yangi oʻquv mavsumining rasman boshlanishi ko‘chalarda o‘z ta’sirini yaqqol ko‘rsatishga ulgurdi. Bugun kunning birinchi yarmidan e’tiboran barcha oliy ta’lim muassasalarida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun ilk dars jarayonlari start oldi. Buning natijasida Toshkent ko‘chalarida, ayniqsa, markaziy qatnov qismlari va oliygohlar joylashgan hududlarda 8 ballik kuchli tirbandliklar kuzatildi.

Biroq, bu hali hammasi emas. Haqiqiy “sinov” kelgusi haftadan boshlanishi kutilmoqda. Sababi, keyingi dushanbadan boshlab 1-kurslarga yuqori bosqich (2-, 3- va 4-kurs) talabalari ham qo‘shiladi. Poytaxtga hududlardan qaytib keladigan yuz minglab talabalar oqimi sababli jamoat transporti, bekatlar va avtomobil yo‘llarida harakatlanish yanada qiyinlashishi, tirbandliklar darajasi esa bundan ham oshishi tabiiy hol.

Tirbandliklarda qolib ketmaslik uchun talabalarga kichik tavsiyalar:

  • Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang: Darsga kechikmaslik va asabni asrash uchun odatdagidan kamida 30-40 daqiqa vaqtliroq uydan (yoki yotoqxonadan) chiqishga harakat qiling.
  • Muqobil transportni tanlang: Ertalabki tig‘iz paytda (soat 07:30 dan 09:30 gacha) tirbandlikni aylanib o‘tishning eng samarali usuli – metro xizmatidan foydalanishdir.
  • Onlayn xaritalardan foydalaning: Agar avtomobilda yoki avtobusda harakatlansangiz, yo‘lga chiqishdan oldin ko‘chalardagi tirbandlik holatini kuzatib boring.

Siz bugun o‘qishga yoki ishga yetib borishda qanchalik qiyinchilikka duch keldingiz? Kelasi hafta tirbandliklariga tayyormisiz? Holat bo’yicha o’z fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

Fikrlar (0)
Avval yangilari