12:43, Iyun 16, 2026
/
404

Yo‘lovchi ayol 17 yoshli talaba qizni do‘pposladi (video)

Jabrlanuvchi Kamilla Jo‘raboyevaning so‘zlariga ko‘ra, mojaro yo‘lovchi ayollardan biri o‘z qizini bekatdan o‘tib ketgani sababli ovozini baland ko‘tarib urisha boshlaganidan keyin kelib chiqqan. Talaba qiz kichik yoshli qizchaning yonini olganida, ayol bunga tajovuzkorona munosabat bildirib, uning o‘ziga tashlangan.

Qizning ta’kidlashicha, u bosh qismiga bir nechta zarba olgan, shundan so‘ng hujum qilgan ayol uning sochidan ushlab, yerga tiz cho‘ktirgan. Shifokorlar jabrlanuvchiga miya chayqalishi va gematoma tashxisini qo‘yishgan. Kamillaning aytishicha, dahanaki janjaldan keyin u avtobusdan tushgan, biroq haligi ayol ham uning ortidan ergashgan. Do‘pposlash bekatda ham davom etgan. Tajovuzkor yo‘lovchini faqat atrofdagi guvohlarigina to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘lishgan.

O‘smir qiz shifoxonaga yotqizildi. Qizning yaqinlari politsiyaga murojaat qilib, hujum qilgan shaxsni topishni talab qilmoqda.

Olmaota shahar politsiya departamenti mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari videoyozuvlarni o‘rganib, gumondorning shaxsini aniqlamoqda. Agar uning aybi isbotlansa, ayolga 50 sutkagacha bo‘lgan muddatga qamoq jazosi berilishi mumkin. Kamilla Jo‘raboyevaning qarindoshlari hujum qilgan ayolni tanigan yoki bilgan barchadan politsiyaga murojaat qilishni so‘ramoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari