Pedagogik bo‘lmagan yo‘nalishlar yopilmoqda

Moskva shahar pedagogika universiteti (MShPU) 2026-yil sentyabridan boshlab barcha pedagogik bo‘lmagan yo‘nalishlarni yopmoqda. Natijada, minglab bakalavr talabalari boshqa universitetlarda o‘qishni davom ettirishga majbur bo‘ladi.
Universitet rahbariyati bu qarorni poytaxt maktablari uchun yuqori malakali o‘qituvchilar tayyorlashga yo‘naltirish zarurati bilan izohlamoqda. O‘qish yo‘nalishlarini yopish “Sotsiologiya”, “Dizayn”, “Reklama va jamoatchilik bilan aloqalar”, “Huquqshunoslik”, “Munitsipal boshqaruv” kabi yo‘nalishlar doirasida amalga oshirilmoqda.
Pedagogik bo‘lmagan yo‘nalishlar talabalar yangi universitetlarga o‘tkaziladi: sotsiologiya va dizayn yo‘nalishlari Rossiya davlat gumanitar universitetiga, yurisprudensiya va boshqaruv RANXiGSga, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi talabalar Moskva davlat sport va turizm universitetiga ko‘chiriladi. Bitiruv kursi talabalari esa MShPUda qolish imkoniyatiga ega.
Universitet vakillari ta’kidlaganidek, transfer jarayoni talabalarga qo‘shimcha imtihonlarsiz va yotoq joylarini saqlagan holda amalga oshiriladi. Agar qabul qiluvchi universitetdagi xarajatlar yuqori bo‘lsa, farq shahar byudjeti tomonidan qoplanadi.
Islohotlar talabalarda norozilik uyg‘otdi. Rasmiy Telegram kanal ostida yuzlab sharhlar salbiy munosabatni aks ettirdi. Talabalar kredit shartnomalari, uy-joy ta’minoti va harbiy xizmatdan kechiktirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratishmoqda.
MShPUning matbuot xizmati va rahbariyati qarorni talabalarning sifatli va ixtisoslashgan ta’lim olish imkoniyatini oshirish maqsadida qabul qilganini bildiradi.