09:24, Oktabr 3, 2025
/
1,4 тыс

Magistraturaga qo‘shimcha qabul yoki magistratura uchun “SUPER-KONTRAKT”?

Umid qilamizki, bu safar 157 million raqamiga ko‘zimiz tushmaydi.

Magistratura uchun qo‘shimcha qabul haqida ma’lumot berishdan avval bir masalani aytib o‘tmoqchimiz: joriy yil mamlakatimizda ushbu ta’lim shakli uchun qishki qabul rejalashtirilmagan! Uning o‘rniga qo‘shimcha qabul jarayonlari amaliyotga joriy qilindi.

Magistraturaga qo‘shimcha qabul – bu xuddi bakalavr bosqichidagi super-kontraktga o‘xshash amaliyot. Faqat unda ma’lum ball uchun ma’lum foiz to‘lov to‘lanmaydi. Qo‘shimcha qabul summasi oddiy kontrakt narxi singari arzon bo‘lmaydi, ya’ni bir talabani bir yilda o‘qitish xarajati qanchaga tushsa, talabgor ana shu real summani to‘laydi. Oddiy kontrakt narxlari birmuncha arzon bo‘ladi, chunki buyurtma asosidagi kadrlarni arzonroq narxda o‘qitish uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga subsidiya ajratadi.

Qo‘shimcha qabulda esa unday emas, to‘lov-shartnoma narxi oddiy kontraktdan qimmat bo‘lish bilan birga talabgor o‘qishning ikki yilida ham ayni shu summani to‘laydi. Super-kontraktga o‘xshab kelasi yili oddiy kontraktga o‘tmaydi. Biroq grantlar taqsimoti davrida o‘zining a’lo o‘qishi, faolligi orqali davlat grantiga o‘tishi mumkin.

❗️Shuningdek, da’vogarlarda talab etilgan til sertifikati ham bo‘lishi shart. Ushbu amaliyot doirasida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlarning shartnoma pullari davlat tomonidan qoplab berilmaydi.

Endi eng qiziq nuqta – xarajatlarga to‘xtalsak. Magistraturaga qo‘shimcha qabul bo‘yicha to‘lov-shartnoma narxlari va kvotalar universitet rektori tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda mustaqil belgilanadi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari