Tibbiyot xodimlari farzandlari uchun kontrakt subsidiya tizimi ishga tushdi (videoqo‘llanma)

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplash bo‘yicha yagona elektron platforma ishga tushirildi.
Endilikda subsidiyadan foydalanish uchun arizalarni maxsus elektron platforma orqali onlayn tarzda topshirish mumkin.
Platforma orqali ariza yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma:
Barcha amallarni bajarishdan oldin portalda shaxsiy kabinetingiz orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.
- Saytga kirib bosh sahifadagi va “Subsidiya” bo‘limini tanlaysiz.
- Ochilgan yo‘nalishlar oynasidan “Ta’lim sohasini rivojlantirish” toifasi ustiga bosasiz.
- Tegishli subsidiyalar ro‘yxatidan “Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida” gi subsidiya turini tanlaysiz.
- “Subsidiyadan foydalanish” tugmasini bosasiz.
- Talab qilingan ma’lumotlarni to‘ldirib arizani tasdiqlaysiz va yuborasiz.
Eslatib o‘tamiz, mazkur subsidiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-noyabrdagi PQ-336-son “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy etilgan.
-
Pingback: Ota-onasi pedagog va shifokor bo‘lgan talabalar ham chegirma, ham subsidiya olishi mumkinmi? - Avlod News