08:50, Oktabr 15, 2026
/
382

Ota-onasi pedagog va shifokor bo‘lgan talabalar ham chegirma, ham subsidiya olishi mumkinmi?

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-noyabrdagi PQ-336-son “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplash bo‘yicha subsidiya tizimi ishga tushirilgan.

Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdorida chegirma berish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu o‘rinda savol paydo bo‘ladi: agar talabaning otasi yuqoridagi talablarga javob beradigan tibbiyot xodimi, onasi esa pedagog (yoki aksincha) bo‘lsa, u ikkala imkoniyatdan ham foydalanishi mumkinmi?

Qisqa javob: ha, mumkin. qonunchilikda bunga hech qanday taqiq qo‘yilmagan. Faqat talaba davlat oliy ta’lim muassasasida kunduzgi ta’lim shakli (bakalavriat) bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lishi shart.

Subsidiyani rasmiylashtirish uchun arizani tibbiyot xodimi bo‘lgan ota yoki onaning o‘zi topshiradi. Chegirma olish bo‘yicha arizani esa talabaning o‘zi o‘qiyotgan oliygohiga topshiradi.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari