09:25, Iyul 27, 2026
/
1,4 тыс

Tibbiyot xodimlari farzandlari uchun kontrakt subsidiya tizimi ishga tushdi (videoqo‘llanma)

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplash bo‘yicha yagona elektron platforma ishga tushirildi.

Endilikda subsidiyadan foydalanish uchun arizalarni maxsus elektron platforma orqali onlayn tarzda topshirish mumkin.

Platforma orqali ariza yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma:

Barcha amallarni bajarishdan oldin portalda shaxsiy kabinetingiz orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.

  • Saytga kirib bosh sahifadagi va “Subsidiya” bo‘limini tanlaysiz.
  • Ochilgan yo‘nalishlar oynasidan “Ta’lim sohasini rivojlantirish” toifasi ustiga bosasiz.
  • Tegishli subsidiyalar ro‘yxatidan “Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida” gi subsidiya turini tanlaysiz.
  • “Subsidiyadan foydalanish” tugmasini bosasiz.
  • Talab qilingan ma’lumotlarni to‘ldirib arizani tasdiqlaysiz va yuborasiz.

Eslatib o‘tamiz, mazkur subsidiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-noyabrdagi PQ-336-son “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy etilgan.

Fikrlar (1)
Avval yangilari